Ijodiy faoliyat inson tafakkuri, iste’dodi va mehnatining yorqin ifodasidir. Har qanday san’at asari ortida ijodkorning izlanishlari, mahorati va o‘ziga xos yondashuvi mujassam. Shu bois ijodiy mehnat natijalarini qadrlash, mualliflarning huquqlarini hurmat qilish va ularni huquqiy jihatdan muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni mualliflik huquqi hamda turdosh huquqlarni muhofaza qilishning muhim huquqiy asoslaridan biri hisoblanadi.
Xoreografiya san’ati sohasida mualliflik huquqiga rioya etish alohida ahamiyat kasb etadi. Xoreografik asarlar, musiqa, audiovizual materiallar, fotosuratlar va boshqa ijodiy mahsulotlardan foydalanishda mualliflarning qonuniy huquq va manfaatlarini inobatga olish zarur.
Mualliflik huquqi bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish ijodkorlarning o‘z huquqlarini bilishiga, ijodiy faoliyat natijalarini himoya qilishiga hamda jamiyatda intellektual mulkka hurmat madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ham talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va mualliflik huquqiga rioya etish madaniyatini rivojlantirish muhim vazifalardan biridir.
Ijodni asrash — muallifni qadrlashdan boshlanadi!