RAQS SAN’ATI SOHASIDA YUQORI MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA ILMIY SALOHIYATNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Keyingi yillarda mamlakatimizda qadimiy va boy madaniy merosimiz, milliy o‘zligimiz, betakror qadriyat va an’analarimiz, madaniyat va san’atimizni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalqimizning ma’naviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan raqs san’atini har tomonlama rivojlantirish, yosh avlodni milliy va jahon raqs san’atining namunalaridan keng bahramand etishni zamonning o‘zi talab etmoqda.
Raqs san’ati sohasida “ustoz-shogird” an’analariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining:
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasini (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tashkil etish;
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tizimidagi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabini Akademiya tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantirish;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;
talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlar asosida ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini tashkil etish;
kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, uning samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;
soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tash tizimini tashkil etish;
talabalarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bazalarida hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlarida tizimli ravishda qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarni tashkil etish;
b) Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati va ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatining (keyingi o‘rinlarda — maktab-internatlar) asosiy vazifalari etib:
o‘qitishning zamonaviy va ilg‘or uslublaridan keng foydalanish, o‘quvchilar iqtidorini har tomonlama rivojlantirish;
raqs san’atiga iqtidori bo‘lgan yoshlarni joylarda saralab olish, ularni kasbga yo‘naltirish va xoreografiya ta’limi sohasida uzviylikni ta’minlash;
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish;
o‘quvchilarni kelgusida raqs yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasasida o‘qishini davom ettirishi yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun ixtisoslik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirgan holda sifatli o‘qitish;
o‘qitish jarayoniga yetuk va malakali raqs san’ati mutaxassislarini jalb qilish va ularning samarali mehnat faoliyati olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
a) Akademiya Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
b) maktab-internatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr, shtamp va blankaga ega bo‘ladi;
v) ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarda ta’lim 1 — 4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1 — 11-sinflarda olib boriladi;
g) o‘qishga qabul ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarga 1-sinfdan, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 1 va 5-sinflardan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilar Akademiya va maktab-intarnatlarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusini Akademiya va maktab-internatlarda amalga oshirish tartibi va chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Talaba va o‘quvchilar bilan muntazam asosda faol muloqot olib borish, ularning talab va ehtiyojlarini tizimli ravishda o‘rganish, talaba-yoshlarning o‘quv va ma’naviy hayotidagi muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish Akademiya va maktab-internatlar barcha rahbarlarining, professor-o‘qituvchilar tarkibining ustuvor vazifasi etib belgilansin.
7. Toshkent shahar hokimligi Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Akademiya va maktab-internatlarning professor-o‘qituvchilari, talabalari va o‘quvchilari ijodiy faolligini yanada oshirish, ta’til davomida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida zamon talablari asosida 50 o‘rinli oromgoh tashkil qilsin va uning binosini 2021-yil 1-iyulga qadar foydalanishga topshirish choralarini ko‘rsin.
a) Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
b) bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin;
8. Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyati hokimiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 2021-yil 1-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari binolarini to‘liq rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini ko‘rsin.
Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarining moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
jahondagi ilg‘or tajribani atroflicha o‘rgangan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish;
Akademiyaning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini asosan mamlakatimizdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan, shu jumladan, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek, sohaning salohiyatli yetuk mutaxassislari — amaliyotchilar orasidan shakllantirish;
respublikadagi mavjud bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarda raqs san’atini o‘qitish faoliyatini yanada rivojlantirish;
raqs san’atining ijodiy, ilmiy-uslubiy va ijro an’analarini puxta o‘zlashtirish va munosib davom ettirish, bunda ta’lim muassasalariga mohir raqs ustalarini biriktirish va shu asosda “ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
b) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Akademiya va maktab-internatlarning rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari tarkibi faoliyatining samaradorligini tasdiqlangan maqsadli dasturlar bo‘yicha reyting baholash tizimini joriy etsin;
umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlar uchun mo‘ljallangan o‘quv rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ularning har tomonlama to‘liq ishlashi hamda malakali pedagog-kadrlar bilan ta’minlasin;
ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarni darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2021-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat binosini rekonstruksiya qilish ishlari uchun zarur kapital qo‘yilma mablag‘larini nazarda tutsin.
Akademiyaga 50 o‘rinli avtobus xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablag‘ ajratilishini;
Akademiya va maktab-internatlarni joriy saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining Madaniyat vazirligiga taqsimlanadigan mablag‘lar doirasida ajratilishini ta’minlasin.
12. Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 31-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov — ushbu qaror ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov ushbu qaror va chora-tadbirlar dasturini ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimlari (O‘.I. Barnoyev, Z.T. Mirzayev, X.X. Bozarov, F.U. Ermanov) — tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli olib borilishini, bino-inshootlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlasin;
mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu qaror va chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritsin hamda raqs san’atining xalq orasida ommalashuvini nazarda tutuvchi maxsus ilmiy-ommabop va qisqa metrajli ko‘rsatuvlarni namoyish etsin.