Bugun Yakkasaroy tumani hokimligi, tumanda joylashgan mahallalar yoshlar yetakchilari, ta’lim muassasalari va boshqa mas’ullar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yakkasaroy tumani mahallalarida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish” masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Qosimov hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan о‘rinbosari M.Shukurlayevlar ishtirok etib, “Konstitutsiya” va “Bog‘saroy” mahallalarida Yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.