Vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlarining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
- Institut moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Reja-moliya bo‘limi, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, dividend va h.k) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag’batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish;
- Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlar asosida topilgan mablag’larning daromadlar va harajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazishini ta’minlash;
- Institut harajatlar smetalarining bajarilish, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borishini nazorat qilish;
- Institutga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshoatlarni rekonstruksiya va capital ta’mirlash ishlari loyiha – smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
- Shtat , byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;