Ozbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” 4-bosqich talabasi Jahongir qizi Madinabonu 9-mart kuni “Scientific Publiciation” xalqaro ilmiy matbuot markazi tomonidan, ilmiy izlanuvchilar o’rtasida tashkil etilgan “Yuksak xizmatlari uchun” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovida “Lazgi muhabbat va qalb timsoli” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, “Yuksak xizmatlari uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Akademiya jamoasi nomidan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!