O`quv-uslubiy bo`lim

DOSJANOVA DILAFRUZ KAXRAMONOVNA

O`quv-uslubiy bo`limining o`quv ishlari bo`yicha noziri
  • Telefon: (+998 71) 215-56-59
  • e-mail:dilya.dosjanova@gmail.ru
  • Qabul kunlari: dushanba-juma 09.00-13.00

 

О‘QUV-USLUBIY BО‘LIM HAQIDA 

MA’LUMOT

О‘QUV-USLUBIY BО‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FAOLIYATI YО‘NALISHLARI quyidagilardan iborat:

  1. Meyoriy hujjatlar asosida bakalavriat va magistratura uchun ta’lim jarayonini О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi о‘rnatgan tartibda о‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda tashkil etadi, nazorat qiladi, boshqaradi;
  2. Fakultetda о‘quv rejalarida aks etgan ta’lim maqsadlarini о‘rnatadi;
  3. Zamonaviy talablarga muvofiq holda о‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bо‘yicha ish olib boradi;
  4. Zamonaviy baholash usullari, jumladan, yozma ish, og‘zaki usulda yoki testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida о‘kuv tematik rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan alohida ishlash shakllarini aniqlaydi;
  5. Akademiya professor-о‘qituvchilari tomonidan ayni о‘quv yili uchun о‘quv rejalari va о‘quv yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;
  6. О‘rindoshlik asosida ishlayotgan professor-о‘qituvchilarning о‘quv yuklamalarini belgilaydi;
  7. Fakultetda о‘quv jarayonining tashkil qilinishini reydlar asosida tekshiradi, nazorat natijalari bо‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakultet dekani e’tiboriga havola etadi va nazorat qiladi;
  8. Yosh о‘qituvchilarning malaka oshirish uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish mintaqa hamda tarmoq markazlariga jalb qilinishlarini va tajriba о‘rganishlarini kafedra mudirlari hamda fakultet dekani bilan birgalikda tashkil qiladi;
  9. Akademiya professor-о‘qituvchilarining qayta tayyorlash va malaka oshirish mintaqa hamda tarmoq markazlarida malaka oshirishini tashkil qiladi va tegishli rejalarning bajarilishini nazorat qiladi;
  10. Marketing bо‘limi bilan hamkorlikda Akademiyada davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishga taqsimotida qatnashadi;
  11. О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan tasdiklangan Nizom asosida talabalarning malakaviy amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
  12. Akademiyaga 1-kursga kabul rejalarini shakllantirishda katnashadi;
  13. Akademiyaning kabul komissiyasida bevosita ishtirok etadi, Akademiyaning qabul haqidagi axborotni shakllantiradi va kabul natijalarini umumlashtiradi;
  14. Akademiyada kafedralar ish faoliyatini о‘rganadi va namunaviy tajribalarni umumlashtiradi. Kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritadi.

О‘quv – metodik bо‘lim boshlig‘i Akademiya rektori tomonidan tayinlanadi.