
XOLMURODOVA MEXRINISO IBRAGIMOVNA
Xoreografiya san’ati fakulteti dekani
Qabul kunlari: Payshanba: 10:00 – 12:00
Tel: (+998 71) 215-53-68
E-mail: fakultet@uzdxa.uz
1991-1996-yy. | Shofirkon tumani 11-maktab ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi |
1996-2006-yy. | Sergeli tumani 304-maktab o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi |
2006-2008-yy. | Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Marketing va monitoring” bo‘limi uslubchisi |
2008-2011-yy | Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi |
2011-2012-yy. | Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi metodika markazi uslubchisi |
2012-2017-yy. | Respublika estrada-sirk kollejining ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
2017-2019-yy. | Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori |
2019-y- h.v | O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani |
1. | Fakultet dekani fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish |
2. | Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash |
3. | О‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish |
4. | Davlat ta’lim standartlari, о‘quv rejalar, о‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash |
5. | О‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish (dars jadvali) |
6. | Talabalarning о‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish |
7. | Talabalarning kursdan kursga о‘tkazish tо‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash |
8. | Talabalarga stipendiya berilishi tо‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash |
9. | Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish |
10. | Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bо‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash |
11. | Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash |
12. | Professor-о‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish |
13. | Fakultet tarkibidagi ta’lim yо‘nalishlariga taalluqli darsliklar, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish |
14. | Yangi informatsion texnologiyalarni о‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-о‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlashdan iborat |
“Xoreografiya san’ati” fakulteti – akademiyaning oʻquv-ilmiy, maʼmuriy-tashkiliy boʻlinmasi hisoblanadi, shuningdek, oʻzi birlashtirgan kafedralarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish bilan shugʻullanadi.Fakultet tarkibida 3 ta mutaxassislik va 1 ta ijtimoiy gumanitar yо‘nalishdagi kafedralar faoliyat olib boradi. Fakultetda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr va magistratura yо‘nalishilarida mutaxassislar tayyorlanadi. |
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 yanvardagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida”gi PF-1695-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevraldagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 101–sonli qarori asosida Toshkent davlat Madaniyat institutining “Xoreografiya” kafedrasi va Xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi. 1997 yilda yagona fakultet “Xoreografiya san’ati” fakulteti ham shakllantirildi. Fakultet tashkil topganda “Xoreografiya” va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan faoliyatini boshlagan.
“Xoreografiya” kafedrasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishini tashkil etish bilan о‘z faoliyatini boshlagan. 2001 yil “Pedagog-xoreograf” va “Balet rejissyorligi” yо‘nalishlari tashkil etilib, talabalar qabul qilingan.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi 1997 yilda tashkil etilgan, bakalavriyat va magistratura yо‘nalishlari talabalariga ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardan saboq berib kelgan.
2005 yilda “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tashkil etildi va “San’atshunoslik” yо‘nalishiga talabalar qabul qilindi.
2019 yilga qadar fakultet tarkibidagi kafedralar negizida quyidagi:
- Xoreografiya jamoalari rahbari
- Xoreograf-pedagog (Kasbiy ta’lim)
- San’atshunoslik nazariyasi kasbiy mutaxassislar tayyorlangan.
2020-yil 4-fevralda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4585-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi maqomi berildi. Hozirgi kunda “Xoreografiya san’ati” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud bо‘lib, 5 ta yо‘nalishda talabalar tahsil olmoqda:
- Professional ta’lim (turlari bo’yicha)
- Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari)
- Xoreografiya (zamonaviy raqs)
- Xoreografiya (baletmeyster-rejissyor)
- San’atshunoslik (xoreografiya bо‘yicha) kasbiy mutaxassislar tayyorlanadi.
“Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasida sohaning yetuk mutaxassislar, О‘zbekiston xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlar, xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimlari, ta’lim a’lochilari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishlarida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:
- Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari)
- Xoreografiya (zamonaviy raqs)
- Xoreografiya (baletmeyster-rejissyor)
“Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasida sohaning yetuk mutaxassislar, О‘zbekiston xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlar, xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimlari, ta’lim a’lochilari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishlarida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:
– Professional ta’lim (turlari bo’yicha)
“San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasida soha professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:
– San’atshunoslik ta’lim yо‘nalishi.
“О‘zbek tili, Ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasida sohaning yetuk professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar talaba-yoshlarga tahsil bermoqda.
DEKANAT

Ostonoyev Yoqub Mamarojobovich
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o'rinbosari

Saidov Jasurbek Rustamovich
Ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha dekan o’rinbosari.