Xoreografiya sanʼati fakulteti

XOLMURODOVA MEXRINISO  IBRAGIMOVNA

“Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani

  • Tel: (+998 71) 215-55-83
  • e-mail: xolmurodova1971@mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanba, Juma. 9:00 – 13:00, 14:00 – 16:00

 

 “XOREOGRAFIYA SAN’ATI” FAKULTETI TARIXI

 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 yanvardagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida”gi PF-1695-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevraldagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 101–sonli qarori asosida Toshkent davlat Madaniyat institutining “Xoreografiya” kafedrasi va Xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi. 1997 yilda yagona fakultet “Xoreografiya san’ati” fakulteti ham shakllantirildi. Fakultet tashkil topganda “Xoreografiya” va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan faoliyatini boshlagan.

“Xoreografiya” kafedrasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishini tashkil etish bilan о‘z faoliyatini boshlagan. 2001 yil “Pedagog-xoreograf” va “Balet rejissyorligi” yо‘nalishlari tashkil etilib, talabalar qabul qilingan.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi  1997 yilda tashkil etilgan, bakalavriyat va magistratura yо‘nalishlari talabalariga ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardan saboq berib kelgan.

2005 yilda “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tashkil etildi va “San’atshunoslik” yо‘nalishiga talabalar qabul qilindi.

2019 yilga qadar fakultet tarkibidagi kafedralar negizida quyidagi:

  1. Xoreografiya jamoalari rahbari
  2. Xoreograf-pedagog (Kasbiy ta’lim)
  3. San’atshunoslik nazariyasi kasbiy mutaxassislar tayyorlangan.

         2020-yil 4-fevralda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4585-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi maqomi berildi. Hozirgi kunda “Xoreografiya san’ati” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud bо‘lib, 5 ta yо‘nalishda talabalar tahsil olmoqda:

  1. Professional ta’lim (turlari bo’yicha)
  2. Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari)
  3. Xoreografiya (zamonaviy raqs)
  4. Xoreografiya (baletmeyster-rejissyor)
  5. San’atshunoslik (xoreografiya bо‘yicha) kasbiy mutaxassislar tayyorlanadi.

         Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasida sohaning yetuk mutaxassislar, О‘zbekiston xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlar, xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimlari, ta’lim a’lochilari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishlarida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:

  • Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari)
  • Xoreografiya (zamonaviy raqs)
  • Xoreografiya (baletmeyster-rejissyor)

         “Xoreografiya pedagogikasikafedrasida sohaning yetuk mutaxassislar, О‘zbekiston xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlar, xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimlari, ta’lim a’lochilari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishlarida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:

            – Professional ta’lim (turlari bo’yicha)

         “Sanat nazariyasi va tarixikafedrasida soha professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:

         – San’atshunoslik ta’lim yо‘nalishi.

         “О‘zbek tili, Ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasida  sohaning yetuk professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar talaba-yoshlarga tahsil bermoqda.

 

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАХКАМАСИНИНГ 2020 ЙИЛ 31 ДЕКАБРДАГИ 824-СОН ҚАРОРИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ БИЛАН БОҒЛИҚ ТИЗИМНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА

 

Кредит-модул тизимида баҳолаш