DAVRA SUXBATI

Joriy yikning 10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo’mitasi hamkorligida “Oliy ta’lim muassasalarida kiyinish madaniyati va qizlar odobi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini akademiya rektori Shuhrat Toxtasimov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Mavluda Adasheva tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar – О‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bо‘yicha qо‘mitaning Xotin-qizlar bilan ishlash va targ‘ibot guruhlarini muvofiqlashtirish bо‘limi boshlig‘i, Respublika targ‘ibot guruhi raisi о‘rinbosari, Faxriy senator, Xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdurahimova Farida Yuldashevna, Respublika targ‘ibot guruhi a’zosi, psixolog, Xalq ta’limi a’lochisi Raxmatullayeva Muazzam Abdurahmonovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi xotin-qizlar masalalari bо‘yicha maslahatchi, mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash bо‘limi boshlig‘ining birinchi о‘rinbosari Shodiyeva Dilfuza Oktabrevnalarni tanishtirib o‘tdi.

Davra suhbati davomida Farida Abdurahimova akademiyaning talaba-qizlari bilan muloqot olib borib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor, Gender tengligi, milliy qadriyatlar, muomala va kiyinish madaniyati haqida soʻzladi. Muazzam Rahmatullayeva psixolog sifatida qizlarga hayotda oʻz oʻrinlarini topish, boʻlajak ona sifatida oʻzlarini maʼnan yuksaltirish va har doim oliy maqsadlar sari intilishlari borasida maslahatlar berib oʻtdi. Shuningdek, Dilfuza Shodiyeva talaba-qizlarning qaysidir yechimini kutayotgan muammolari boʻlsa yoki maslahatlar zarur boʻlsa bemalol murojaat qilishlari mumkinligini taʼkidladi.

Oʻz oʻrnida talaba-qizlar mutaxassislarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Ayniqsa, mehmonlarning bugunga qadar bosib oʻtgan hayot yoʻllari, ish va hayotiy tajribalari haqida soʻzlab berganliklari tadbir ishtirkochilarining barchalariga manzur bo’ldi. O’zDXAning 1-kurs magistranti Alina Babeshko ijrosidagi milliy raqs esa mehmonlarga hush kayfiyat ulashib, olqishlarga sazovor bo’ldi.

Davra suhbati mazmunli, ruhiy koʻtarinkilik va hush kayfiyatda boʻlib oʻtdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan