Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ishlash bo’limi

XUDOYNAZAROVA SHAHZODA TURSUNOVNA
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

«Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot
faoliyatini tashkil etish boʻlimi » boshlig`i
  • Telefon: (+998 71) 215-56-96
  • e-mail: shaxzoda@gmail.com
  • Qabul kunlari: dushanba-shanba 10:00-16:00

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi haqida
MAʼLUMOT

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli, 2018-yil 25-oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3982-sonli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan.
Mazkur boʻlimda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari akademiyaning malakali kadrlar yetishtirish yoʻnalishidagi faoliyatida boʻlajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining maqsad va vazifalari
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan koʻzlangan maqsad:
– tegishli taʼlim sohalari boʻyicha talabalarning bilimini oshirish;
– malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish;
– xoreografiya akademiya talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini, shuningdek ularda oʻquv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;
– talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yoʻli bilan oʻz mutaxassisligiga boʻlgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, boʻlajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga koʻmaklashish.

Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari:
– talabalarning (ijodiy)ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, yoʻnalishlari va koʻnikmalarini oʻzlashtirishiga erishish;
– talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali oʻquv materiallarini chuqurroq oʻzlashtirishiga koʻmaklashish va ularning ushbu jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish;
– oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash boʻyicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga koʻmaklashishdan iborat.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi nizomi

Mukarrama Turg’unboyeva stipendiyasi nizomi

Йиллик иш режа 2022/2023