Magistratura bo’limi

 

MAGISTRATURA BO`LIMI BOSHLIG`I – Adasheva Mavludaxon Umataliyevna

 

MAGISTRATURA BO`LIMI HAQIDA MA’LUMOT

Bugungi kunda OʻzDXAning “Magistratura” boʻlimida 35 nafar magistrant taxsil olmoqda.

Shundan: 70211601 (xoreografiya jamoasini boshqarish) mutaxassisligi

I kursda 13 nafar;

70211003 – (san’at nazariyasi va tarixi) mutaxassisligi I kursida 4 nafar;

5A151301 (xoreografiya jamoasini boshqarish) mutaxassisligi II kursida 14 nafar;

5A150203 – (san’at nazariyasi va tarixi) mutaxassisligi II kursida 2 nafar;

Amaldagi “Nizom”ga muvofiq “Magistratura” ta’lim mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalarida boʻlim boshligʻi va oʻquv-metodik ishlar boʻyicha metodist lavozimlaridan iborat boʻlgan “Magistratura” ta’lim boʻlimi tashkil etiladi va mazkur “Nizom”ga binoan “Magistratura” ta’lim boʻlimini oliy ta’lim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan boʻlim boshlig’i boshqaradi. Shu sababdan Shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Magistratura” boʻlimi boshlig’i lavozimida –Adasheva Mavludaxon Umataliyevna faoliyat koʻrsatmoqda.

 “Magistratura” ta’lim boʻlimida taxsil olayotgan magistrantlar aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriat negizida ikki yil taxsil oladi. Oʻqish davrida “Magistratura” boʻlimi magistrlari oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar bilan akademiya tomonidan ta’minlanadi va bilim olish, ilmiy izlanish olib borish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Magistrlar akademiyaning barcha oʻquv jihozlari, auditoriyasi, laboratoriyasi, kutubxonasi, axborot resurs markazlari hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan bepul foydalanadilar. Akademiyada oʻquv jarayoni oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.

Akademiyada magistratura mutaxassisligi shaklida taxsil olish 2 yilni oʻz ichiga oladi. Oʻquv rejasidan oʻrin olgan barcha predmetlarni oʻzlashtirgan hamda Davlat attestasiyalaridan ijobiy baholar olgan magistrantlarga belgilangan shakldagi Davlat namunasidagi hujjatlar taqdim etiladi.