Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor

Shukurlayev Mansur Sodiqboy o‘g‘li

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor
  • Qabul kunlari: Seshanba, juma. 09:00 – 17:00
  • Tel: (+998 71) 215-56-86
  • email: info@uzdxa.uz

 

TARJIMAI HOL

Shukurlayev Mansur Sodiqboy o‘g‘li 1991-yilda Jizzax viloyatining Do‘stlik shahrida tugʻilgan. 2014-2018-yillarda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining “Xoreografiya san’ati” fakultetida (bakalavr) tahsil olgan.
2020-yilda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “San’at nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.

2015-2022-yillarda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida (sobiq TDMRXOM) Yoshlar yetakchisi, matbuot kotibi, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i, fakultet dekanining yoshlar masalalari bo‘yicha muovuni lavozimlarida samarali faoliyat koʻrsatgan.

M.Shukurlayev 2023-ilning 1-fevral sanasidan eʼtiboran Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi  prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.