ILMIY YUTUQLAR SARI

Ilm va ma’rifat – bunyodkor kelajakning poydevori! О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kundan-kunga akademiya professor-о‘qituvchilarini ilmiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini xalqaro doiraga kо‘tarish, xorijiy tillarni о‘rganish, san’at va madaniyat ta’limi sohalarida dunyo e’tirof etgan yetakchi ilmiy elektron platformalarda maqola chop etish va rivojlangan mamlakatlar ta’lim standartlari metodikalarini qо‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kо‘lami ortib bormoqda.

Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori Nozim Qosimov, dotsentlar Pо‘lat Tashkenbayev, Nodira Alimdjanova, katta о‘qituvchi Faxriddin Ikromxо‘jayev Xalqaro “Scopus” platformasining Psychology and Education  jurnalida dolzarb mavzudagi Uzbek National Lapars (Genre Specification and Poetics) nomli maqolasini chop etdi.

Shu munosabat bilan akademiya rahbariyati va jamoasi nomidan mualliflarimizni tabriklab, kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan