![]() |
«San’at nazariyasi va tarixi» kafedrasi mudiri – Alimdjanova Nodira Abdugaparovna, dotsent v.v.b
Telefon: (+99871) 215-56-13 E-mail: tashkenbaev_1960@mail.ru Qabul kunlari: seshanba – juma |
“San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tarixi
“San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasida 2005 yildan boshlab, “San’atshunoslik” (xoreografiya bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishi tashkil etilgan.
Ilk bor kafedrani oliy o‘quv yurtlaridagi ko‘p yillik stajga ega bo‘lgan malakali pedagog, shuningdek, katta tashkilotchilik malakasiga ega, san’atshunoslik nomzodi, dotsent – etakchi musiqashunos, O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi a’zosi Nurimova Naila Pardaevna boshqargan.
Kafedra o‘qituvchilar tarkibi ilmiy faoliyatda yuqori saviyali mutaxassislari, bevosita, teatr, xoreografiya san’ati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent v.b. Tashkenbayev P.I., filologiya fanlari doktori, dotsent v.b. Xamraeva Х.Х., san’atshunoslik fanlari doktori, professor To‘laxo‘jaeva M.T. kabilar nomi bilan bog‘liq.
Kafedraning o‘quv faoliyati ikki yo‘nalishni – san’atshunoslik va xoreografiyani qamrab olgan.
Milliy raqs va balet san’ati tarixi va nazariyasi sohasida tadqiqotlar olib borish kafedra ilmiy izlanishlarining umumiy mavzusi deb hisoblanadi. Xoreografik Oliy Ta’lim Dargohlari uchun “Jahon va о‘zbek xoreografiyasi san’ati tarixi”, “Ssenografiya va liboslar tarixi” “Musiqa adabiyoti” o‘quv qo‘llanmalar chop etildi, “Balet tanqidchiligi tarixi”, “Ssenografiya va liboslar tarixi” о‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etildi, “Baletshunoslik”, “Xoreografiya tamoyillari va nazariyasi” fanidan о‘quv qо‘llanmalar chop etilmoqda.
Har yili kafedra o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan Xalqaro va Respublika ilmiy – nazariy konferensiyalarida, shuningdek, Respublikada chop etiladigan ilmiy jurnallar va to‘plamlarda o‘zlarining ilmiy ishlari bilan faol qatnashmoqdalar.
Kafedraning etakchi olimlari Vazirlar Mahkamasining Fan va texnika Davlat qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinayotgan grantlar tanlovida ham qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda X.X.Xamrayeva rahbarligida “Musiqa va san’at о‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan 3D tizimli interaktiv о‘quv-metodik qо‘llanmalar yaratish” deb nomlangan 2 yillik amaliy loyiha doyirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
O‘quv jarayonida talabalarimizni o‘z ustida mustaqil ishlay olishi va ularning ilmiy fikrlashini shakllantirish e’tibor qaratilmoqda. Har yili o‘tkaziladigan Oliy o‘quv yurti va oliy o‘quv yurtlararo hamda Respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan ilmiy konferensiyalarda o‘z ilmiy maqolalari bilan ham qatnashmoqdalar. Bundan tashqari O‘zbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi San’atshunoslik instituti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan ilmiy seminarda o‘zlarining ilmiy ishlari bilan qatnashuvni tashkil etishdi. Shu yo‘nalishda talabalarimizning ilmiy maqolalari umumiy xajmi 150 ga yaqin ishlar.
Iqtidorli talabalarimizni rag‘batlantirish, ularni izlanishlarida malakali yordam berish, o‘z fiklarini erkin yoritib berish, ilmiy anjumanlarda, davra suhbatlarida o‘zlarini tadqiqotlari balan bemalol fikr almashinish va muloqotda bo‘lish maqsadida kafedramizda Iqtidorli talabalar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan.
“San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasining ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy xamkorlik faoliyatlari
San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, О‘zDXA qoshidagi “Xoreografiya kolleji”, Respublika Estrada – sirk kolleji.