“Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro rivojlantirish Assotsatsiyasi ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2848 sonli Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Jahon banki kredit mablagʻlari hisobidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 2019-yil 6-sentyabrda OTMlarga texnik yordam berish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va “Al Mar Consulting” MCHJ oʻrtasida № MHEP/CQS/C8 sonli shartnoma imzolangan boʻlib, ushbu shartnomaga asosan:

a) texnik mutaxassisliklar boʻyicha oliy taʼlimni qoʻllab-quvvatlash;
b) sanoat korxonlari va oliy taʼlim muasasalari oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish;
d) oliy taʼlim olish imkoniyatlarini (ayniqsa ayollar uchun) kengaytirishning eng maqbul variantlarini aniqlashda ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish belgilangan.

Ushbu tadqiqotlar doirasida ishlab chiqilgan mexanizmlar va tavsiyalar natijalari boʻyicha bugun Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida seminar boʻlib oʻtdi.

Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, boʻlim boshliqlari va yosh tadqiqotchilar ishtirok etgan ushbu seminarda “Al Mar konsulting» xodimi Aglaxodjayeva Nilufar Nasriddinovna oliy taʼlim sohasida dunyohamjamiyatida erishilgan yutuqlar, taʼlim berishning oʻziga xos uslublari va Oʻzbekistonda taʼlim tizimining bugungi holati yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtdi. Seminar davomida oliy taʼlim tizimidagi mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimlari yuzasidan mulohazalar bildirilib, oʻzaro fikr almashilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan