17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni!

Bugun 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni! Ushbu ayyom bilan barcha talabalarni muborakbod etaman va Sizlarga sihat-salomatlik, o’qish va ilmiy-ijodiy ishlaringizda yuksak parvozlar, oliy maqsadlar sari intilishlaringizda so’nmas shijoat tilab qolaman.

Bugungi islohotlar va imkoniyatlar davrida bor azmu shijoatingiz, o’z ilmu iqtidoringiz bilan davlatimiz, jamiyatimiz rivojiga, yurtimiz dovrug’i dunyo hamjamiyatida hamisha yangrab turishiga munosib hissa qo’shishingizga tilakdoshman!

Aziz talabalar! Sizlar jamiyat umidi, davlat ishonchi, kelajak egalarisizlar. Bilimli, ilmli, ijodkor va iste’dodli talabalarimiz bizning faxrimizdir. Barchangizni kelgusida yetuk mutaxassis, sohaning chinakam fidoiysi bo’lishingizga ishonch bildirib, yana bir bor bugungi Xalqaro talabalar kuni bilan tabriklayman.

Shuhrat Toxtasimov
O’zbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi rektori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan