AMALIY MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI

Kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Xoreografiya» kafedrasi o‘qituvchisi Susanna Useinova tomonidan aktyor va rejissyor Sardor Salyamov ishtirokidagi «Raqs san’atida aktyorlik mahoratining o‘rni» mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

S.Salyamov talabalarga aktyorlik san’atidagi eng muhim jihatlar va ularning raqs san’atidagi ahamiyati haqida ham nazariy, ham amaliy mashg‘lotlar o‘tkazib, sahnani his etish, unda harkatlar uyg‘unligi, obrazda yashash kabi aktyorlikka xos xususiyatlar haqida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Mashg‘ulot savol-javob, interaktiv o‘yinlar, o‘zaro fikr-mulohazalar almashinuvi bilan o‘zgacha ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan