NAVOIYDA MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 16-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya» kafedrasi o‘qituvchisi Gulishod Abdiyeva tomonidan Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi 10-11-sinf o‘quvchilariga «O‘zbek raqs» fanidan mahorat darsi o‘tkazildi.

 Mahorat darsida o‘zbek raqs harakat va xolatlari, merosiy raqslarning ijro etilishi, ijrodagi professionallikka ahamiyat qaratish bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Shuningdek, G.Abdiyeva mashg‘ulot davomida O‘zDXAda ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida targ‘ibot ishlarini ham olib bordi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan