MUZEYGA TASHRIF UYUSHTIRILDI

Bugun, 18-may kuni “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutorlari X.To‘xtaev va H.Ro‘ziboev boshchiligida akademiyaning talaba-yoshlari Amir Temur davlat muzeyiga navbatdagi tashrif uyushtirildi.

Muzey talabalarda Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyoti aks ettirilgan eksponatlari, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimizni o‘zida aks ettirgan kumush va mis tangalar, miniatyuralar, noyob qo‘lyozmalar, hunarmandchilik, obodonchilik, kulolchilik, misgarlik, zargarlik buyumlari hamda qadimiy matolari bilan katta ta’surot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan