Navbatdagi tashrif

Navbatdagi mahallabay tadbirlar doirasida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga biriktirilgan “Bog‘saroy” MFYda istiqomat qiluvchi nogironligi bо‘lgan va kam ta’minlangan oilalarga navbatdagi tashrif uyushtirildi.
2021-yilning 16-dekabr kuni akademiya rektori Shuxrat Toxtasimov boshchiligida bir guruh faollar kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yо‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi mavjud mahalladoshlarimiz holidan xabar oldilar. Shuningdek, ularning yashash sharoitlari о‘rganilib, samimiy suhbatlar olib borildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan