FILM TAQDIMOTI

Joriy yilning 20-dekabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “О‘zbek raqsining afsonalari” nomli musiqali – hujjatli film rejissyori Ruslan Saliyev hamda mazkur film yaratilishida ishtirok etgan ijodiy gurux ishtirokchilari bilan ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Ijodiy uchrashuvni akademiya rektori SH.M.Toxtasimov kirish sо‘zi ochib berdi. Sо‘ngra, tadbir ishtirokchilarini rejissyor Ruslan Saliyev va film ijodkorlari bilan tanishtirdi.

Film namoyishidan avval rejissyor R.Saliyev о‘zbek raqs san’atining qadimiy tarixi va bugungi kuni, jahon sahnasini zabt etgan mashxur о‘zbek san’atkorlari, milliy raqs san’atidagi zamonaviy jarayonlarga bag‘ishlangan ushbu film yaratilishi tarixi bilan tanishtirdi. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar D.Yunusova va N.Nigmatova, о‘qituvchilar YE.V.Vishinskaya, YE.A.Kari-Yakubova film yaratilishi haqida sо‘zlab berishdi.

Film namoyishidan sо‘ng akademiya professor-о‘qituvchilari va talabalari film rejissyori va ijodiy guruhga о‘zbek raqs san’ati tarixini yoritishdagi professional yondoshuvi uchun о‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Ruslan Saliyev va film yaratuvchilari kо‘plab qiziqarli savollarga javob berishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan