XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA ONLAYN-SEMINAR VA MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI

Bugun, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Yaponiya elchixonasi bilan hamkorlikda “Xoreografiya” kafedrasi katta о‘qituvchisi katta o`qituvchi Gulasal Usmonova tashabbusi bilan tashkil etilgan yapon zamonaviy raqs san’atiga bag‘ishlangan onlayn-seminar va mahorat darsi bо‘lib о‘tdi.

Seminarga Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Fudjiyama Yoshinori faxriy mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Tadbirni akademiya rektori Shuhrat Toxtasimov kirish sо‘zi bilan ochib, о‘zaro hamkorlik aloqalarining samaradorligi va istiqbollari haqida tо‘xtalib о‘tdi.

Seminarda elchi janoblari Fudjiyama Yoshinori yapon-о‘zbek dо‘stona munosabatlari, san’atimizdagi о‘ziga xosliklar, madaniy aloqalar tо‘g‘risida tо‘xtalib, о‘z о‘rnida hamkorlik uchun akademiya rahbariyatiga minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, Yaponiya elchixonasi mas’ul kotibi Zikrullo Nazirov ikki mamlakatning о‘zaro madaniy aloqalarida raqs san’atining alohida о‘rni va ahamiyati haqida о‘z fikr-muloxazalarini bildirib о‘tdi.

Tadbirning amaliy qismida raqqosa, xoreograf va rejissyor, professor Akiko Kitamura yapon zamonaviy raqsining shakllanish tarixi va uning о‘ziga xos xususiyatlari tо‘g‘risida taqdimot о‘tkazdi. Taqdimot davomida onlayn mahorat darslari olib borilib, yapon zamonaviy raqslaridagi harakat va holatlar ham nazariy, ham amaliy jihatdan namoyish etildi.

О‘z о‘rnida akademiyaning “Xoreografiya” kafedrasi dotsenti Malohat Maxmudova hamda о‘qituvchi katta o`qituvchi Shirin Jalilova tomonidan tayyorlangan о‘zbek raqs maktablari (Farg‘ona, Buxoro, Xorazm) ga oid raqs harakatlaridan iborat amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi.

Tadbir sо‘ngida professor Akiko Kitamura xonim akademiyaning maxsus sertifikati bilan taqdirlandi. Shuningdek, har ikki tomon kelgusida ham hamkorlik aloqalarini davom ettirgan holda, joriy yilning aprel oyida Akiko Kitamura xonimning О‘zbekistonga tashrifi yuzasidan kelishuv amalga oshirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan