Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga “Xitoy madaniyati kunlari” tadbirlarida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan xorijiy mehmonlar va ijodkorlarning delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari akademiyada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, qulayliklar va o’quv jarayonlari bilan tanishdilar.
Tadbir, akademiya talabalarining milliy raqs sahnalari namoyishi bilan boshlandi hamda Xitoylik san’atkorlarning chiqishlari, kichik mahorat darsi bilan yakunlandi.