O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga Markaziy bankning ta’lim loyihasi doirasida trener sifatida tayyorlangan ko‘ngillilar guruhi tashrif buyurdi.
Tadbirda ko’ngillilar talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida, Markaziy Bank tomonidan tayyorlangan prezentatsiya va video roliklari orqali plastik karta imkoniyatlari, foydalanish tizimi, ta’lim krediti, uning to‘lov usullari kabi hozirda dolzarb bo’lgan masalalarni batafsil yoritib berdi.
Shuningdek, talabalar ayni vaqtda internet tarmoqlarida avj olgan moliyaviy fitnalar, ularning turlari haqida ham xabardor qilindi.