O‘zbekiston dtavlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, Xalqaro raqs kengashi CID-UNESKO a’zosi Inna Grigoryevna Gorlinaning “Baletmeysterlik san’ati” fanidan O‘zbekistonda ilk darslikning ijodiy kontseptsiyasi” mavzusida “Mahorat darsi” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada “Baletmeysterlik san’ati” fani bo‘yicha xoreografiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ajratib turuvchi tomonlari, baletmeyster kasbining ayrim jihatlari, dramaturgiyaning asosiy qonuniyatlari o‘rganilib, xoreografiya san’ati bilan bog‘liq tushuncha apparati berilgan.
Bunda raqsning turli sahna ko’rinishlari haqida umumiy ma’lumot, talabalarning amaliy ishlari uchun musiqa materialini tanlash tahlili, xoreografik asarning kompozitsion kayfiyatining tarkibiy qismlari aniqlanadi.
Muallif ushbu darslikni yozishda balet nazariyotchilarining asarlariga, o’zining ko‘p yillik baletmeysterlik faoliyati, o‘qituvchilik va tadqiqotchilik tajribasiga tayangan.