24-noyabr kuni Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi doktoranti Tani Aysulu Baqitqizining O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasida o‘tkazilgan xorijiy ilmiy amaliyoti natijalari bo‘yicha xisoboti tinglandi.
A.B.Tani san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori, hozirgi kunda (PhD) ilmiy darajani olish uchun “XX asr ohiri – XXI asr boshida Qozog‘iston xoreografiya san’ati milliy g‘oya kontekstida” nomli dissertatsiya ustida izlanishlar olib bormoqda.
Doktorantning xorijiy ilmiy rahbari etib san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent P.I.Tashkenbayev tayinlangan.