Taniqli balet primasi, milliy va jahon balet san’ati olamining yorqin namoyondasi, O’zbekiston xalq artisti, o’zbek balet san’atining qirolichasi Qoriyeva Bernara Rahimovna 88 yoshni qarshiladi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Ustozning hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir tashkil qilindi. Tadbir Madaniyat arbobi, rejissyor Hamid Qahramon tomonidan tayyorlagan hujjatli film namoyishi bilan boshlandi.
Tadbirga O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida o’zbek balet san’atini rivojlantirishda o’z bilim va mahoratini ayamay, hozirgi kunga qadar yo’sh avlodga balet san’ati sirlaridan saboq berib kelayotgan Ustozni tabriklash uchun do’stlari, shogirdlari hamda “Nuroniy” jamg’armasi vakillari tashrif buyurdi.
So’zga chiqqan mehmonlar o’z tilaklarini bildirib, ustoz haqidagi go’zal hotiralar bilan bo’lishdilar hamda Bernara Qoriyevaning nafaqat mehnatkash va fidoyi, balki juda kamtarin va mehribon inson ekanliklarini e’tirof etishdi.