Avval habar (https://t.me/uzdxa_official/7971) qilinganidek, Moskva davlat madaniyat institutida “Creative code” (“Ijodkorlik kodi”) xalqaro olimpiadasi o‘tkazilmoqda, uning maqsadi yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ijodiy sohalarda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda yordam berishdan iborat.
“Creative Code” (“Ijodkorlik kodi”) xalqaro olimpiadasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Kasbiy ta’lim”, “Xoreografiya jamoalari rahbari”, “Zamonaviy raqs” yo’nalishlari talabalari uchun, joriy yilning 1-fevral kuni videokonferensiya formatida tashkilotchilar tomonidan onlayn maslahat o‘tkazildi.
Onlayn uchrashuvda olimpiada tashkilotchilari talabalarga magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilinishi uchun joriy qilingan saralash qoidalari, bosqichlari va shartlari, o‘qishning qiziqarli jihatlari haqida so‘zlab berdi hamda akademiya talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, onlayn uchrashuvda akademiya rektori Sh.Toxtasimov, Xalqaro bo’lim boshlig’i
D.U.Abdulova hamda “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti A.I.Eshimbetova, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o’qituvchisi S.E.Useinova ishtirok etdi.