Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Madaniyat sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari Komiljon Rahimov o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbirda K.Rahimov professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlarga korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari, ijtimoiy xavfliligi, unga qarshi kurashishning ijtimoiy-huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumot berdi.