Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:

▪️bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
➖umumiy qabul parametrlarini;
➖qoʻshimcha qabul parametrlarini;
➖oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;

▪️hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan