Xizmat safari

Joriy yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nozim Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 5-avgustda bo’lib o’tgan Hay’at yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taminlash maqsadida, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida filialdagi o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, N.Qosimov xizmat safari doirasida, Urganch ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatida bo’lib, yangi o’quv yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar xususida tavsiyalar berdi.

Uchrashuv yakunida o’quvchi-yoshlarni rag’batlantirish, kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish, filial va maktab-internat kutubxonasi fondini boyitish uchun qiziqarli badiiy adabiyotlar jamlanmasi tuhfa etildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan