Mukarrama Turg‘unboyeva nomli stipendiya

2024-yil 4-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2022-yil 8-noyabrdagi “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasi va uni 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi to‘g‘risida”gi 128-son qarori 5-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashxur ayollar nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-dekabrdagi 422-son buyrug‘i, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektorining 2023-yil 10-yanvardagi “Akademiyada Mukarrama Turg‘unboyeva nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida”gi 2-I-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, akademiya Kengashi tavsiyasi va akademiya rektorining 2024-yil 4-sentyabrdagi 99-T-son buyrug‘iga asosan, 2024-2025 o‘quv yili uchun “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi maxsus stipendiya” “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yo‘nalishi, o‘zbek guruhi, 3-bosqich talabasi Jurakulova Sevinch Zoxidjon qiziga topshirildi.

Akademiya jamoasi nomidan S.Z.Jurakulovani samimiy qutlab, kelgusi o’qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan