Kuni kecha, 10-oktyabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi stajyor-o‘qituvchi Mariya Levitskaya tomonidan 2-bosqich talabalari uchun “Tarixiy va milliy raqsni o‘rganish metodikasi” fanidan «Tarixiy va milliy raqs mashqlari, asosiy raqs elementlari» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab M.Levitskaya mavzu va uni o’rganishning ahamiyati haqida so’zlab, turli davrlardagi raqslarni bilish, raqslarni sahnalashtirishda qanday yordam berishi mumkinligini tushuntirdi. Darsning amaliy qismida “Vals”, “Polonez”, “Polka” kabi raqslarning ko’plab asosiy elementlari o’rganildi.
Talabalar yangi elementlarni qiziqish va katta e’tibor bilan o’zlashtirib, dars yakunida mahorat darsi davomida olgan bilimlarini namoyish etdilar.