O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «San’at nazariyasi va tarixi» kafedrasi professor-oqituvchilari tomonidan talabalarning bo’sh vaqtini mazmuli tashkil qilish maqsadida, “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” doirasida “Talabalar turar joyi”da “San’atshunoslik” va “Xoreografiya jamaoalari rahbari” ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Sport salomatlik garovi” mavzusida shaxmat, shahka, stol tennisi sporti bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.
❄️Ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tgan bellashuvlarda akademiyaning talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar. O’yin so’ngida g’oliblik uchun qizg’in kurashgan «San’atshunoslik» yo’nalishi talabalari muvafaqqiyat qozondilar.
Stol tennisi:
🔣Andijonov Firdavs Shaxmat:
🔣Zokirova Sabina
Shashka:
🔣Mirg’iyosova Zamira birinchi o’rinni, Maqsudov Izattilo, Erkaboyeva Sarvinoz, Fayzullayeva Adiba ikkinchi orinni va Egamnazarova Umidabonu, Qodirova Dinara, Qurbonova Gulasal uchinchi orinni egalladilar.
🎉Musobaqa yakunida barcha g’oliblarga akademiyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Sultanova Rushana Ramilovna faxriy yorliq va esdalik sovg’alarini topshirdi.