Taqdirlash

Xabaringiz bor, (https://t.me/uzdxa_official/11638) Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida joriy yilning 1-3 avgust kunlari «Turkiy dunyo adabiyoti, tili va tarixini o‘rganishning dolzarb muammolari» mavzusida xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyasi bo‘lib o’tgan hamda konferensiya doirasida O’zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuxrat Toxtasimov, «San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva hammuallifligida yozilgan «Xorazm «Lazgi» raqsi: tarixi va tavsifi» monografiyasining taqdimoti o‘tkazilgan edi.

Turkiy tilli xalqlar san’ati va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, milliy raqs sohasidagi ilmiy tadqiqotlari uchun monografiya mualliflari: Gavhar Matyoqubova, Shuxrat Toxtasimov, Hulkar Hamroyevalar Qirg‘iziston Fanlar akademiyasi va Qirg‘iziston Bilim ministrligi tomonidan Xalqaro «Chingiz Aytmatov» medali bilan taqdirlandilar. (https://t.me/madaniyatvazirligi/41048)

Ma’lumot o’rnida, hozirda ushbu monografiya qirg‘iz tiliga tarjima qilinmoqda.

Akademiya jamoasi nomidan Gavhar Matyoqubova, Shuxrat Toxtasimov, Hulkar Hamroyevalarni ushbu yuksak mukofot bilan qutlab, ularga kelgusi ijodiy faoliyatlyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan