2024-yilning 7-9-noyabr kunlari Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasida “Ostona balet” teatri sahnasida “Temps Lie” III Xalqaro professional xoreografiya ta’lim muassasalari festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muhim madaniy tadbir, xoreografiya san’atini xalqaro maydonda rivojlantirish, targ‘ib qilish, turli mamlakatlar xoreografiya maktablari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan festival, taniqli balet raqqosalari va xoreograflarining tajriba almashishi hamda ijodiy yutuqlari maydoniga aylandi.
Hamkorlik memorandumi doirasida Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi rektori Bibigul Nurgalievna Nusipjanova taklifiga binoan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuhrat Maxmutovich festivalda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
Festivalning tantanali ochilish marosimi martabali mehmonlar ishtirokidagi matbuot anjumani bilan boshlandi va festivalning ikkinchi kuni Akademiyada “Zamonaviy ta’lim tizimida xoreografiya maktabini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib, unda O’zDXA rektori, Sh.M.To‘xtasimov “O‘zbekistonda xoreografik ta’lim: an’analar va innovatsiyalar” mavzusida ma’ruza qildi.
“Temps Lie” festivali nafaqat raqs festivali, balki tajriba almashish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, yangi ijodiy g‘oyalarni ilhomlantirishga zamin yaratdi va Ikki nufuzli xoreografiya maktablari: Boris Eyfman va Pekin raqs akademiyalari talabalarining “Ostona balet” sahnasidagi gala-konserti bilan yakunlandi.