XALQARO HAMKORLIK

Dehlidagi “Jamia Millia Islamia” universitetida “Doro Shukuh: madaniy yangilanish va diniy bag‘rikenglik” mavzusida bo‘lib o‘tgan (https://t.me/uzdxa_official/13870) xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida Javoharla’l Neru universitetida “Mahorat darslari” tashkil qilindi hamda mazkur tadbirda filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi tinglovchilari, OAV vakillari va O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professori, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning “O‘zbek va hind milliy raqslarining “Avesto”ga tutash ildizlari”, O‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyevaning “Hind va o‘zbek notiqlik san’atining estetik asoslari”, “Madaniyatlararo integratsiya: san’at, zamon va makon falsafasi”, xalqaro jurnalist va tarjimon Asror Allayorovning “O‘zbek bolalar folklor raqs san’ati madaniy diplomatiyaning muhim omili sifatida” mavzularidagi darslari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirlar davomida shuningdek, yangi kitoblar taqdimoti, she’rxonlik musobaqasi o‘tkazildi. Lotin alifbosida chop etilgan 300 nomdagi kitoblar jamlanmasi markaz kutubxonasiga taqdim qilindi.

​Davra suhbatida Javoharla’l Neru universiteti II – Rektori professor Dipendra Nath Das, Markaziy Osiyo ilmiy–tadqiqot markazi rahbari, professor Axlak Ahmad Xan, o‘zbek tili o‘qituvchisi, dotsent Shahboz Amil Xanlar hamkorlikda o‘tkazilayotgan ilmiy–adabiy anjumanlar, mushoiralar, taqdimotlar, qo‘shiq va raqs tanlovlari o‘zaro fikr va tajriba almashinuvida, do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.

Ma’lumot o’rnida: mazkur xalqaro anjuman hamda uning doirasida o‘tkazilgan ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar Hindiston va O‘zbekiston matbuotida, ijtimoiy tarmoqlarda keng
yoritildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan