O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining tizim tashkilotlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash ishlarini yanada takomillashtirish doirasida, joriy yilning 2-4-dekabr kunlari ta’lim jarayoniga oid me’yoriy hujjatlar, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish, dars mashg‘ulotlarining o‘tilishi, ilmiy-ijodiy ishlar, ilmiy salohiyatni o‘stirish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish hamda maslahat olish maqsadida, O’zDXA Urganch filiali direktori Kuchkarov Maxsudjon Bazarbayevich va «Ta’lim sifatini nazorat qilish» bo‘limi boshlig‘i Saipov Ozodbek Marksovich akademiyaga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, boshqaruv tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lib, sifatli ta’lim tizimini joriy etishda natijadorlikni oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xoreografiya sohasidagi yuqori sifatli kadrlarni tayyorlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida ma’lumotlar almashildi.