Kuni kecha, 11-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga Xitoyning Chongshi Fanghua Madaniy rivojlanish bo’yicha Shandong kompaniyasi (Shandong Zhongshi Fanghua Cultural Development Co., Ltd) vakili Mixail Chjen boshchiligidagi
oʻrta maxsus hamda oliy oʻquv yurtlari vakillaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar akademiya rahbariyati bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida muhokama qilib, akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Shuningdek, akademiyaning kutubxonasi, o‘quv xonalari, raqs zallari, talabalar turar joylari, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar uchrashuv samarali o‘tgani va kelgusida hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini e’lon qildilar.