Xalqaro aloqalar

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva joriy yilning 9-17-dekabr kunlari 🇰🇿Qozog‘iston. Respublikasi J.Tashenev nomli universitet bilan imzolangan memorandumga binoan, akademik mobillik asosida “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida ta’lim olayotgan magistrlar, talabalarga belgilangan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Shuningdek, “O‘zbek tili va adabiyoti”yo‘nalishida ta’lim olayotgan magistrlar, talabalar hamda Chimkent shahridagi “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilari uchun “Ilmiy maqola yozish talab va tamoyillari” mavzusida seminar, magistrlarning dissertatsiyalari yuzasidan yakka mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

​J.Tashenev nomli universitet Xalqaro aloqalar departamenti direktori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Naraliyeva bilan Turkiston viloyati, Sayram tumanidagi 112, 107-o‘rta umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilari va maktab rahbariyati bilan “Millatlararo totuvlik va bardamlikni mustahkamlashda adabiy-madaniy, ilmiy-ma’rifiy hamkorlikning o‘rni va ahamiyati” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, maktablar kutubxonalari uchun kitoblar topshirildi.

Tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar o‘zbek tilidagi yangi kitoblar bilan taqdirlanib, “Mahorat darsi”, “Bahru bayt” musobaqalari uyushtirildi.

Qozog‘iston xalq assambleyasi, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi ilmiy kengash va ekspertlar kengashi a’zolari bilan o‘rta umumta’lim maktablarining 10 va 11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “O‘zbek tili” va “O‘zbek adabiyoti” darsliklarini nashrga tavsiya etish bo’yicha yig‘ilishda ekspertlar kengashining raisi sifatida ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan