Bugun 22-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 147-son qarori ijrosi yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlarning faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxona, oshxona, o’quv xonalari, zamonaviy jihozlangan audio-vidio studiyalari hamda tashkil etilgan ijodiy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida ikkala ta’lim muassasalari o’rtasida, akademiya rektori Shuxrat Toxtasimov va ijod maktabi direktori Ruslan Tashimovlar tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.