2-fevral – Ozarbayjon Respublikasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkentdagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazida ma’naviy–ma’rifiy tadbir o’tkazilib, unda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari, mamlakatimiz fan, madaniyat va san’at namoyandalari, jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ozarbayjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Husayn Guliyev 1997 yilda ozar xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tomonidan ta’sis etilgan “Yoshlar kuni” haqida ma’lumot berar ekan, Ozarbayjonda ham, O‘zbekistonda ham jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan yosh avlodni yuksak saviya, milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash hamda ularga davlat siyosati darajasida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish muhim masalalardan biri yekanini ta’kidladi.
Tadbirda, shuningdek,
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Sh.M.To‘xtasimov Boku xoreografiya akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar istiqbolli rejalar haqida, O‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dots.nti, filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva o‘zbek va ozarbayjon yoshlarining adabiy-madaniy aloqalari, hamkorlikda nashr etilayotgan monografiyalar xususida to‘xtalib o‘tdidilar. Ozarbayjon Madaniyat markazi qoshidagi “Ozarbayjon” ashula va raqs ansambli, “Navbahor” (O‘zbekiston) ashula va raqs ansambli, Boku xoreografiya akademiyasi hamda O‘zDXA talabasi Aslana Aliyeva ijrosidagi jozibador ozar milliy raqslari ishtirokchilar olqishiga sazovor bo‘ldi. “Yoshlar kuni” doirasida tashkil yetilgan kitoblar va rasmlar ko‘rgazmasi adabiyot va san’at ixlosmandlari uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.