Joriy yilning 25 aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi TTJda yashovchi talabalar o’rtasida ularning intelektual salohiyatini oshirish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.U.Adasheva talabalarni sanitariya qoidalariga rioya qilishi, har doim tibbiy niqob taqib yurishi shartligi, hozirgi pandemiya davrida o’zining va atrofdagilarning sog’ligiga e’tiborli bo’lishi kerakligini, shuningdek talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish, aql-zakovatini charhlash, atrofidagi odamlarga nisbatan mustaqil fikr yurita olish qobilyatini oshirish maqsadida intelektual o’yinlar ko’proq o’tkazish kerakligi haqida aytib o’tdi. Shundn so’ng TTJ talabalari o’rtasida “Imkon Shou” intelektual o’yini o’tkazildi.
Ishtirokchilarga o’yin shartlari bilan tanishtirib o’tldi. Talabalar ikki guruhga bo’lindilar va jamoalar “Tanqidchilar” hamda “Intelektual” deb nomlandi.
Shartlarni bajarib bo’lganlaridan so’ng jamoalarning barcha shartlarda to’plagan natijalari umumlashtirib, g’olib jamoa aniqlandi. “Tanqidchilar” jamoasi 81 ball, “Intelektual” jamoasi 65 ball to’pladilar. Natijalarga ko’ra “Tanqidchilar” jamoasi 81 ball bilan g’iliblikni qo’lga kiritdilar.
O’yinda g’olib bo’lgan talabalar qimmabaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Shuningdek, talabalar tomonidan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirilib, TTJda shu kabi tadbirlar ko’proq o’tkazilish taklifini bildirib o’tishdi.
Shuningdek, kuni kecha “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan akademiyaning TTJda istiqomat qiluvchi talabalar bilan “Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida 13-aprel kuni yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan videoselektorning” qisqacha mazmuni hamda “Barhayot sanʼatkor yoxud 20 yil davomida bitta oʻpkasi bilan qoʻshiq aytgan buyuk isteʼdod egasi Botir Zokirov” haqida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida talabalarga kafedra oʻqituvchisi N.Yusupova tomonidan joriy yilda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan isloxotlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Shunindek, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov hayoti, ijodi, uning favqulodda isteʼdodi, dunyo musiqa ixlosmandlarining u haqidagi eʼtirofi haqida suhbat boʻlib oʻtdi.
Bunday tadbirlardan koʻzlangan maqsad, TTJda yashayotgan talabalarning dam olish kunlarini yanada mazmunli tashkil etishdan iborat boʻlib, mazkur davra suhbati orqali talaba-yoshlarga siyosat va sanʼatning muhim jarayonlari tanishtirib oʻtildi va fikr almashilindi.