“Dolzarb 90 kun”

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor R.Sultanova boshchiligidagi Ma’naviyat bo‘limi xodimlari tomonidan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida akademiya ichki tartib-qoidalari, talabalar uchun yaratilgan yotoqxona (TTJ) va o‘quv binolaridagi shart-sharoitlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati tarzida o‘tgan mazkur uchrashuv abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun manfaatli bo’ldi.

Tadbir yakunida abituriyentlarga ijodiy imtihonlarda omad va yuqori natijalar tilab qolindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan