Xalqaro aloqa – Dolzarb 90 kun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PQ–115-sonli qaroriga muvofiq, xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbek madaniy markazlari va jamiyatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning milliy-madaniy rivojlanish sohasidagi davlat dasturlarida faol ishtirokini ta’minlash, xalq amaliy san’ati va qadimiy an’analarini asrab-avaylash va targ‘ib qilish maqsadida tegishli tashkiliy-amaliy ishlar olib borilmoqda.

🇺🇿 🇪🇪 Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultanova boshchiligidagi akademiya jamoasi tomonidan Estoniya Respublikasining Narva shahrida faoliyat yuritayotgan “Sog‘diana” o‘zbek jamiyati delegatsiyasi munosib kutib olindi.

🇺🇿Tashrif davomida mehmonlar akademiya hayoti, ta’lim jarayoni, talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, madaniy-ma’naviy muhit hamda o‘quv-uslubiy faoliyat bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, akademiyaning faxriy ustozlari uchun tashkil etilgan burchak, milliy raqs san’atiga oid darsliklar, qo‘llanmalar, eksponatlar va boshqa ma’naviy-ma’rifiy ob’ektlar namoyish etildi.

Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mehmonlar uchun akademiya talabalari ishtirokida go‘zal va jozibali raqslardan iborat konsert dasturi taqdim etildi. Konsert davomida milliy raqslar, sahnaviy chiqishlar va san’at orqali yurtimiz madaniyatining boy merosi mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan