“Dolzarb 90 kun” – tadbirlar davom etmoqda.

Yurtimiz bo‘ylab test sinovlari qizg‘in davom etayotgan ayni pallada, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining iste’dodli va tashabbuskor talabalari nafaqat o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etmoqda, balki abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun ham ma’naviy hordiq baxsh etishga hissa qo‘shmoqdalar.

Akademiyamiz talabalari o‘zining betakror sahna chiqishlari, milliy raqs ijrolari orqali madaniy-ma’rifiy muhitni yanada boyitib, san’at vositasida ijobiy kayfiyat ulashmoqda. “Tumor” ansamblining faol a’zolari bo‘lgan talabalarimiz ta’til kunlarini ham mazmunli, samarali va ijodiy faoliyat bilan o‘tkazib, o‘z san’atiga bo‘lgan sadoqatini namoyon etmoqda. Ular o‘z ustida muntazam ishlash orqali milliy xoreografiya san’atining yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan