OʻZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASINING “29-APREL – XALQARO RAQS KUNI”GA BAGʻISHLANGAN HISOBOT KONSERTI BOʻLIB OʻTDI

Kuni kecha A.Navoiy nomidagi akademik davlat katta teatrida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “29-aprel – Xalqaro raqs kuni”ga bagʻishlangan hisobot konserti boʻlib oʻtdi.
Konsertni akademiya rektori kirish soʻzi va raqs sanʼati ixlosmandlariga tabrigi bilan ochib berdi. Tadbirga bir qator nufuzli mehmonlar, faxriy ustozlar tashrif buyurishdi.
Konsertda xoreografiya sanʼatining barcha janr va yoʻnalishlarida raqslar ijro etilib, tashrif buyurgan barcha mehmonlar olqishlariga sazovor boʻlishdi. Ayniqsa, yosh xoreograf “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Sherzod Kenjaboyevning I.Moiseyev sahnalashtirgan “Pontazoo” venger xalq raqsini sahnada qayta “jonlanitirish”i, ijroning mukammaligi barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Hisobot konserti mehmonlarga va barcha muhlislarga juda manzur boʻlib, kelgusida mana shunday konsert dasturlari tez-tez tashkil etilishiga tilak bildirishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan