O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida unutilmas va hayajonli kun — bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Akademiyani muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr bosqichi bitiruvchilari o‘z mehnatlari va fidokorona sa’y-harakatlari evaziga munosib mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov so‘zga chiqib, akademiya bitiruvchilarini ushbu muhim bosqich bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning kelgusi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar va omadlar tiladi.
Akademiya rektori Shuxrat To‘xtasimov o‘z nutqida bitiruvchilarning ijodiy salohiyati, iqtidori va faol ishtirokini alohida e’tirof etib, barcha bitiruvchilarga samimiy qutladi va ularni kelajakda Vatanimiz madaniy hayotida munosib o‘rin egallashlariga tilak bildirdi.
Mazkur tantanali tadbirda akademiya rahbariyati, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Ushbu kun — nafaqat bitiruvchilar, balki ularni mehr bilan bilim berib tarbiyalagan fidoyi ustozlar, ota-onalar uchun ham faxr va iftixorga boy, unutilмас lahzalardan biri bo’ldi.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi barcha bitiruvchilarga yorqin kelajak, ijodiy parvoz va ulkan yutuqlar tilaydi!