Diqqat e’lon!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida akademik o‘zlashtirish va ijtimoiy faollik indeksi ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi maxsus komissiyaning Qarori asosida «To’liq grant» va «To’liq bo’lmagan grant» o’rinlarining taqsimlanishi.

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-bosqichini yakunlab 2-bosqichiga o’tgan hurmatli talabalar! Yuqorida grantning qayta taqsimlanishi bo’yicha maxsus komissiyasining qarorini sizga taqdim etmoqdamiz. Bunda grantning qayta taqsimlanishi bo’yicha ariza bilan murojaat qilgan talabalar to’g’risida ma’lumotlar taqdim etildi. Ariza bermagan talabalar kontrakt asosida o’qishlarini davom ettiradilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan