Malaka oshirish

Joriy yilning 25–26-avgust kunlari O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bir guruh mas’ullari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari hamda tegishli bo‘linma rahbarlari uchun tashkil etigan maxsus o‘quv kursida ishtirok etdi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z nutqida yangi 2025/2026-o‘quv yili arafasida oliy ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish, ilg‘or axborot texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish zarurligiga alohida to’xtalib o’tdi.

Mazkur kursdan yangi oʻquv yilida ta’lim jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan bo‘lib, “Yangilangan ta’lim dasturlarida o‘qitish, “HEMIS” va “EduBilling” axborot tizimlari asosida ta’lim jarayonlarini samarali boshqarish, kredit-modul tizimi istiqbollari va kutilayotgan natijalarga qaratildi.

Kurs yakunida barcha OTMlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va raqamlashtirishni takomillashtirish bo’yicha o’z takliflarini berdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan